Türk-Özbek İş Forumunda yapılan konuşma

Ahmet Başar Şen 30.09.2017

Hurmatli Bosh vazir o’rinbosari
janob Jamshid Qo’chqorov!

Istanbul savdo palatasi raisi
janob İbrahim Çağlar!

Hurmatli davlat vakillari!

Turk va o’zbek ish doiralarining
qadrli vakilları!

Muhtaram o’zbek qardoshlarimiz!

BugunSizlar bilan birga bo’lib turishdan bag’oyat baxtiyormiz. Bu uchrashuvningbo’lib o’tishiga fursat yaratgan har ikkala tomonning mas’ullariga o’zminnatdorchiligimni izhor etaman.

Turkiyaiqtisodiyotining yuragi urib turgan, jahon shahri bo’lgan Istanbuldan kattaishbilarmonlar delegaziyasiga Toshkentda mezbonlik qilish biz uchun ham quvonchmanbai, ham bir o’zgachalikdir.

Bir ming sakkiz yuz saksonikkinchi yılda tuzilgan va to’rt yuz mingdan ortiq a’zosi mavjud bo’lganIstanbul savdo palatasi Turkiyaning chuqur ildiz otgan, eng katta kasbiytashkilotlaridan biridir.

Istanbul – Turkiyaiqtisodiyotining yuragidir. Ikki ming o’n oltinchi yilda Turkiya bir yuz qirqikki butun ondan beş milliard A.Q.Sh. dollari miqdorida eksport qilgan. Bu davrda Istanbulning eksportimizga qo’shgan hissasiyetmish to’rt butun ondan sakkiz milliard dollarni tashkil etgan. Boshqachaqilib aytganda, Turkiyaning jami eksportidagi ellik ikki foizlik ulushIstanbulga to’g’ri keladi.

Bundan tashqari, Turkiyaning yalpi ichki mahsulotidagiIstanbulning ulushi 30 foiz atrofida.So’nggi besh yilda olib borilgan statistiktadqiqotlar, Istanbulning bugungi iqtisodiy kattaligi bilan alohida davlatbo’lsa, jahonning birinchi 45 iqtisodiyotida o’rin olishini, Mısr, Portugaliya,Irlandiya, Chexiya, Filippin, Pokiston, Ruminiya, Ukraina va Vengriya kabidavlatlardan o’zib keta olishini ko’rsatgan.

Qadrliishtirokchilar!

Turkiya mustaqillikningbirinchi kunlaridanoq O’zbekistonning milliy davlati va iqtisodiyotinimustahkamlash jarayonini qo’llab-quvvatlash uchun butun imkoniyatini safarbarqilgan. Munosabatlarimiz mustaqillikdan so’ng jadal taraqqiy etgan. O’tgandavrda ba’zi qoqilishlar ro’y bergan bo’lsa-da, Prezidentimiz janob RecepTayyip Erdoğanning o’tgan yili noyabr oyida Samarqandda muhtaram Prezident ShavkatMirziyoyev bilan uchrashuvida ifoda etilgan kuchli siyosiy iroda bilanaloqalarimizda yangi davr boshlangan.

Bitta ildizdan kelibchiqqan, umumiy til, din, tarih, madaniyat, ma’naviy merosni o’rtoqlashuvchixalqlarimiz o’rtasidagi yaqinlik va qardoshlik hissiyoti, har qanday shartdaaloqalarimizning kafolati sifatida himoyalanadi ve kelajak nasllarga omonatqilib qoldiriladi.

Hurmatli mehmonlar,

Turkiya dunyoning engyirik on yettinchi iqtisodiyotiga va sakson millionlik aholiga ega. So’nggi o’nyilda o’sish sur’ati o’rtacha to’rt yarim foizga yetib, sanoatlashish sohasidaahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishilgan.

Turklaruchun Ota Yurti hisoblangan O’zbekistonning o’ziga xos o’rni esa hammamizgama’lum. Turk madaniyatining minglarcha yillik qadimiy yurti bo’lgan bu zamin,ham dinimizda, ham dunyoviy fanlarda Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, AlXorazmi, Ali Qushchidek o’z davridan o’zib, ta’sir yaratgan fan arboblari Imom al-Buxoriy, Imom Moturidiy, at-Termiziy kabieng ulug’ olimlar yetishib chiqqan, yog’du taratgan zamindir.

Bugungikunda O’zbekiston - Markaziy Osiyo aholisining miqdor bo’yicha yarmiga yaqiniyashovchi kattalikda, o’qimishli, yosh, dinamik aholisi bilan chorak asrlik barpobo’lish bosqichini yakuniga yetkazgan, mustaqilligini va xalqaro e’tiborinimustahkamlagan, chuqur ildiz otgan davlatchilik an’anasi, boy madaniyati,barqaror boshqaruvi ve taraqqiy etgan iqtisodiyoti bilanistiqboli porloq davlatdir. O’zmintaqasidagi barcha davlatlarga hamda Afg’onistonga qo’shni bo’lgan yagonadavlat ekanligi jihatidan o’ziga xos geografik mavqega ham ega. O’zbekistonHukumatining xalqaro miqyosda yuqori baho olgan yaxshi qo’shnichilik siyosatimintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga va shunga bog’liq ravishda yangi loyihalarga ilhom bahsh etmoqda. O’zbekistonjuda muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. Manashu oyning boshida O’zbekiston Hukumati tarixiy qaror chiqarib, yigirma bir yılvaqt o’tgach valyutaning erkin kursiga qaytishni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston Hukumatining so’nggi paytdagi mahalliy vaxorijlik tadbirkorlarga, investorlarga qaratilgan qo’llovchi poziziyasi, biznesva sarmoya muhitini yaxshilash borasidagi qat’iy qadamlari va keng nazariO’zbekistonni har doimgidan da jozibali mamlakat darajasiga keltirmoqda.

Aziz do’stlar,

Prezidentlarimizning Samarqanddagi uchrashuvidatomonlar o’zaro namoyish etgan siyosiy irodadan, rahnamolarimizning do’stligi va xalqlarimizningqardoshligidan ilhomlanganaloqalarimiz avvalo savdo va investiziya sohalarida jadallashgan. Hamkorligimizga yangi nafas olib kirgan ushbuijobiy o’zgarishlarning izchil mushtarak nazarga aylanishi uchun hammamizbirgalikda mas’uliyat olishimiz kerak bo’ladi.

Ikki ming o’n yettinchi yilibu yangi davrning poydevorini har sohada, avvalo iqtisodiyot sohasidamustahkamlash borasidagi ishlarimizni faollik bilan yuritamiz. Bu yil uchinchi marotabao’tkazilayotgan Turk-O’zbek Biznes forumining bu maqsadga hissa qo’shishidan va
munosabatlarimizni bir qadam ilg’orlashiga yordam berishidan hech shubham yoq. Kelasi oyning oxirida esa O’zbekistonRespublikasining Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga so’nggiyigirma yil mobaynidagi eng muhim tarixiy rasmiy tashrifni amalga oshiradi. Prezidentlerimizningbu tashrif chog’idagi uchrashuvlari va imzolanadigan ko’p sonli bitimlar bilan
bizning bugungi kungacha sarflagan umumiy say-harakatlarimiz nishonlanadi.

Qadrlitadbirkorlarimiz!

Sizbu mintaqaga oshnosiz. Bu zaminda hech qachon o’zimizni begona his etmaganmiz.Tanishish yoki tanishtirishga ehtiyoj yo’q. O’zbekiston mustaqilliginingbirinchi yillarida, ancha qiyinroq sharoitlarda ming yillab sog’inganqardoshlarimizning taklifi bo’yicha, milliy iqtisodiyotning tuzilishsafarbarligiga qo’llarni birlashtirgan holda muhim hissalar qo’shdik. O’shadavrda biz amalga oshirgan loyihalar u kunlarning nishonasi o’laroq hamonhayotda. Geografik jihatdan yaqinliklari ve iqtisodiy buyukliklari bilan ahamiyatli ustunliklargaega davlatlar bilan raqobat qilib, O’zbekistonning tashqi savdosida vainvestiziyalarida birinchi 5 o’ringa kiruvchi joyimizni saqlab qola olganimizniesa alohida yuqori baholash mumkin.

Tadbirkorlarimizning tashrif vatadbirlardan olgan taassurot, tilak va takliflarini chin ko’ngildan biz bilanbaham ko’rishlarini kutib qolamiz. Bu narsa har ikkala Hukumatning kelgusidayuritadigan ishlariga yordam beradi. Elchixonamiz doimo Siz bilan birga bo’lishini
bilishingizni hohlardım.

So’zlarimni tugallamasdan avval,bu tashrifni tashkil etgan Istanbul Savdo palatasiga va uning raisi janobIbrahim Çağlarga, delegaziyamizga, o’zbek mehmondo’stligining en chiroyli namunasini namoyish etgan Bosh vaziro’rinbosari janob Jamshid Qo’chqorovga va uning qadrli jamoasiga, ushbutashrifga ishtirok etgan barcha mehmonlarimizga o’z minnatdorchiligimni izhor
etaman.

So’zlarimga bizga o’git bo’lgan biro’zbek maqoli bilan yakun bermoqchiman:

“Birlashgan o’zar – birlashmaganto’zar”.

Omon bo’ling / E’tiboringiz uchuntashakkur.

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014