29 Ekim Cumhuriyet Bayramı Resepsiyonu Konuşması

Ahmet Başar Şen 30.10.2017

Muhtaram
Oliy Majlis Senati Raisi,

Hurmatli Bosh vazir
o’rinbosari,

O’zbekiston davlat
idoralari ve jamoatchilik tashkilotlarining qadrli vakillari,

Diplomatik
korpusning hurmatli vakillari,

Aziz
fuqarolarimiz,

Hurmatli
o’zbek qardoshlarimiz,

TurkiyaRespublikasi tuzilganining 94 yilligini jo’shqinlik va quvonch bilan
nishonlayapmiz. Eng katta bayramimizda, mazkur g`ururli kunda quvonchimizni biz
bilan baham ko’rayotganingiz uchun o’z minnatdorchiligimni izhor etaman. Hush kelibsiz!

Hozire’tiboringizga Prezidentimiz Recep Tayyip Erdoğanning 29-oktyabr Respublika bayramıtabrigini havola etmoqchiman.

Qadrli fuqarolarim,

Kelajagimizningkafolati bo’lmish suyukli yoshlar,

Aziz qardoshlarim,

Bugun Turk xalqisifatida shonli tariximizda juda muhim burilish nuqtasini, Respublikamiz e’lonqilinganining 94-yilligini nishonlayapmiz.

Yurtimiz va xorijdayashovchi millionlab fuqarolarimizning har birini Respublika bayrami bilan
bilan tabrikllayman.
Fursatdan foydalanib,ming yildan buyon aziz vatan yerlarining mudofaasi uchun bir g’uncha atirgulmisoli tuproqqa yiqilgan faxriy shahidlarimizga tangridan rahmat va mag’firattilayman.

AvvaloRespublikamizning asoschisi, Qutulush urushimizning muzaffar qo’mondoni, faxriyqaxramon Mustafa Kemal Otaturkni, shuningdek boshqa hamma faxriylarimizni hamrahmat ve tazim ila yodga olaman.

Turkiya Respublikasi –necha asrlardan buyon hurriyati va nomusidan kechgandan ko’ra, o’limni afzal
ko’rgan oliyjanob xalqning yuksalishi, o’z kullaridan qayta tug’ilishiningnishonasidir.

Turk xalqi 1923 yil29-oktyabrda yana bir bora butun dunyoga o’z irodasining kishanlanishiga yo’lqoymasligini, o’z taqdiriga birovning aralashuviga yo’l qo’ymasligini qoni vajoni ila e’lon etgan.

“Kasal odam” deya e’lonqilingan Usmoniylar merosini talon-taroj qilish uchun Onado’luga yugurganlar,
xalqimizning jasorati, qat’iyligi va kurashi oldida katta mag’lubiyatga uchrab,Faxriyning muxtasar so’zi bilan aytganda: “Qanday kelgan bo’lsalar, shundayqaytdilar”.

Istiqlol urushimiznig’alabaga yetaklagan, Respublikamizga hayot bergan ruhning, xuddi 94 yil avval
bo’lganidek, bugun ham qaddi tikka.

15-iyul hiyonatixalqimizning 250 qurbon va 2193 faxriy evaziga namoyish etgan shonli kurash anashu ruhning ifodasidir.

O’sha tundaayolu-erkak, yoshu-qari - xalqimizning barcha vakillari o’z irodalari,qadriyatlari va Respublikaning barcha yutuqlarini asrab qoldilar.“Mustaqillik xarakteri” bo’lgan bundayoliyjanob va qahramon xalq vakili ekanligimizdan faxrlanamiz.“Xalqqa boshchilikemas, xizmat qilish zarur“ dasturiga amal gilgan holda, yurtimizga a’lodarajada xizmat qilish uchun hecham ajratmasdan, tunu-kun mehnat qilyapmiz.

So’nggi 15 yildademokratiyadan erkinliklarga, savdodan investiziyalarga, sog’liqni saqlashdantashqi siyosatgacha - barcha tarmoqlarda biz amalga oshirgan tarixiy islohotlarmazkur irodamizning yaqqol namunasidir.

Bugungi kunda dunyodagibarcha mazlum va cabrdiydalarning umidi – Turkiyadir.

Qo’li qon terrorchitashkilotlarning mo’ljaliga aylanganimizning asosiy sababi ham shunda.DEAŞ, PKK, PYD/YPG vaFETÖ kabi qotil guruhlarning bizni o`z maqsadlarimizdan tortib olishlariga yolqo’ymadik, qoymaymiz ham.

Gazeta maqolalari,rastalar, bizga tashlangan piyodalar bilan kurasha-kurasha 2023 yilmaqsadlarimiz sari o’z yo’limizda davom etmoqdamiz.Dos’t vaqardoshlarimizning qo’llovi, ko’ngli va nigohini yurtimizga qadaganmazlumlarning duosi, aziz xalqimizning birlik va birgaligi bilan inshollohmaqsadlarimizga erishamiz.

Shu fikrlar bilanyurtimizning iftixor kuni bo’lmish 29-oktyabr Respublika bayrami bilan yana birbora muborakbod etaman, xalqimizga sihat-salomatlik, xotirjamlik va omonliktilayman.

Shahid bo`lganlarningruhlari shod bo’lsin!

Respublikamizning 94 yilligimuborak bo’lsin!

Recep
Tayyip ERDOĞAN

Turkiya
Respublikasi Prezidenti



Qadrli
mehmonlar,

TurkiyaRespublikasi - turk xalqining Buyuk Otaturk yetakchiligida olib borgan beqiyos
hayot-mamot kurashi, g`ururli turishi, vatan muhabbati hamda mustaqil yashash
irodasi yaratgan asardir.

Respublikamizningyosh bo’lishiga qaramay to`qson to’rtyil mobaynida tomir otib, mustahkam poydevorlar yaratganini ko`rishbizlarga quvonch baxshida etmoqda.

Nechaog’ir sinovlardan so’ng, chorasizliklar aro barpo etilgan Turkiya Respublikasi
bugungi kunda zamonaviy davlatga aylangan. Sakson millionga yetgan yosh va
ma`lumotli aholisi, raqobatbardosh ishchi kuchi, dinamik xususiy sektori, rivojlangan
yuqori texnologiyali infratuzilmasi orqali katta taraqqiyot sari ilg’orlashni muvaffaqiyat
bilan amalga oshira olgan, dunyoning eng yirik 16-iqtisodiyotidır.

Demokratik,dunyoviy, ijtimoiy, huquqiy davlat bo’lgan Turkiya Respublikasi bugun o’z
mintaqasida misoli yulduzdek shu’la sochmoqda, iqtisodiy, siyosiy, harbiy,
insoniy va demokratik taraqqiyot nuqtai-nazaridan eng ilg’or saviyalarga
erishish maqsadi yo`lida shahdam qadamlar tashlamoqda.

Turkiya,dunyo bo’ylab olib borayotgan o`z gumanitar yordami uchun ham yuqori
baholanmoqda. Yurtimizdagi uch milliondan ortiq Suriyali, yarim millionga yaqin
Iroqlilar bilan dunyo bo’yicha eng ko’p qochqinlarga boshpana bergan, milliy
daromadga nisbatan eng ko’p gumanitar yordam bergan mamlakatdir.

Qadrlido’stlar,

Umumiy tarix, til, din va tamaddun ildizlaridan kelibchiqqanturk va o’zbek xalqlari ko’ngil rishtalari va samimiy qardoshlik tuyg’ularinitarix bo’yicha asraganlar.

Mazkurtarix va taqdir birligi sababi bilandir balki, O’zbekistonni birinchi bo’libtan olgan Turkiya, O’zbekiston mustaqilligining mustahkamlanishiga qaratilganqadamlarini chin ko’ngildan qo’llagan, turk sarmoyadorlari va tadbirkorlarimustaqil O’zbekistonning taraqqiy etishida ta’sirli rol oynagan.TIKAidorasi, UTBANK, O’zbekiston-Turkiya Tadbirkorlari Uyushmasi, Turk StandartlariInstituti, TRT, AA vakolatxonalari va Turk boshlang’ich maktabi o’sha davrdagiyutuqlardir. 1996 yilgi Abadiy d’stlik bitimi hozirgi kunda ham o’z qadri vama’nosini saqlab qolmoqda.

Qadrlido’stlar,

O’zbekistonboshqaruvining mushkul xalqaro konyunkturaga qaramasdan boshlagan islohot
harakati va tashlagan o’rinli odimlari har sohada o’z ijobiy ta’sirini hamichkaridan, ham tashqaridan sezdirmoqda. Bu jarayon nafaqat O’zbekistonni,balki Markaziy Osiyoning ham barqarorligini va farovonligini mustahkamlash,kuchaytirish salohiyatiga ega. O’zbekistonning muvaffaqiyati bizlarni baxtiyorqilib, avvalo qo’shnilari va barcha qardosh xalqlarning yutug’iga qayd etiladi.
Biz,chorak asrlik tuzilish davrini tugatgan qardosh O’zbekiston bilanmunosabatlarimizda yaqin istiqboldagi 25 yilga yo’nalish beruvchi yangi davrboshlanayotganiga shohid bo’lish va bunga baholi qudrat o’z hissamizni qo’shish

hayajonini his etyapmiz. Chunki qardosh xalqlarimizva o’lkalarimiz, tenglik va o’zaro
manfaat tamoyilida yanada kattaroq salohiyatga ega, umumiy muvaffaqiyatlarga
munosibdirlar.

Prezidentlarimizningo’tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvlari bilan boshlangan yangidavrga, muhtaram Prezident Mirziyoyevningo‘tgan hafta Turkiyaga amalga oshirgan bag’oyat muvaffaqiyatli davlat tashrifiham qo’shildi.

Buyil bosh vazir o’rinbosari darajasida to’rt, vazir darajasida ondan ortiqo’zaro tashriflar amalga oshirdik. Munosabatlarimizning turli jihatlarigaqarashli ikki tomonlama maslahatlashuv mexanizmlari jadallashgan. MuhtaramPrezident Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida munosabatlarimizni strategiksaviyaga chigarilishi kelajakka qarata mushtarak nazar yarata olishimizningko’rsatkichidir. Imzolangan yigirmadan ortiq bitim bu yangi davrning huquqiyzaminining ilk poydevor toshlaridir. Yaqin istiqbolda bu bitimlarning amalqilishni boshlashi yuz foiz turksarmoyasi bilan faoliyat yuritadigan “Ziraat bank – O’zbekiston” bankiningochilishi, turk fuqarolari uchun O’zbekiston vizasining yengillashirilishi, Istanbul-Samarqandreyslarining yo’lga qo’yilishi hamda Preferentsial savdo bitimimuzokaralarining tugallanishi bilan estafetaning boshqa marralariga erishiladi.

Fursatdanfoydalanib, bizlarga yo’l ko’rsatib, uni ochgan, yaratuvchi va samarali muloqot

muhiti taminlagan O’zbekiston hukumatiga, Tashqi ishlar vazirligidagi qadrli
hamkasblarimizga, biz birga ish yuritgan turli darajadagi mas’ullarga Sizning
huzuringizda minnatdorchiligimni izhor etaman.

Shutuyg’u va tushunchalar bilan bugun Respublikamizning asoschilari bo’lmishFaxriy Mustafa Kemal Otaturk va uning quroldoshlarini, vatanimizningmustaqilligi, birlik ba butunligi yo’lida jonlarini fido etgan barcha azizshahidlarimizni, turk vatani va xalqining toabad mavjud bo’lishi uchun borinitikkan qahramon faxriylarimizni chuqur minnatdorlik tuyg’ulari va rahmat tilaklarimizbilan yodga olib, ularning xotirasi oldida hurmat ila ta’zim bajo qilaman.

So’zlarimyakunida, bayramimizni loyiq darajada nishonlay olishimizga o’z hissasini

qo’shgan barcha qadrli tadbirkorlarimizga yana bir bora minnatdorchilikbildiraman. Bayram joshqinligini biz bilan baham ko’rganliklari uchun OliyMajlis Senati raisi Nig’matilla Yo’ldoshev janobi oliylariga, Bosh vazir o’rinbosariJamshid Qo’chqorov janobi oliylariga,
O’zbekiston davlatining barcha yuksak vakillariga va barchamehmonlarimizga, O’zbekiston “Yoshlar” simfonikorkestri va dirijyori KamoliddinO’rinboyevga chin ko’nglimdan minnatdorchilik bildirib, barchamizni Respublikakuni bilan chin ko’ngildan tabriklamoqchiman.

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014