Türk-Özbek Dostluk Konseri konuşması

Ahmet Başar Şen 31.10.2017

Qadrli mehmonlar,

Diplomatik Korpusning hurmatli vakillari,

Aziz
Toshkentliklar, san’at shinavandalari,

Turkiya Respublikasi tuzilganining to’qson to’rt yilligini
jo’shqinlik va quvonch bilan nishonlayapmiz. Eng katta bayramimiz munosabati
bilan tashkillashtirilgan bu go’zal do’stlik kechasida quvonchimizni biz bilan bah
am ko’rayotganingiz uchun o’z minnatdorchiligimni izhor
etaman. Turk-O’zbek do’stlik
konzertimizga hush kelibsiz!

Bugun Respublikamizning asoschilari bo’lmish Faxriy Mustafa Kemal
Otaturk va uning quroldoshlarini, vatanimizning mustaqilligi, birlik va
butunligi yo’lida jonlarini fido etgan barcha aziz shahidlarimizni, turk vatani
va xalqining toabad mavjud bo’lishi uchun borini tikkan qahramon
faxriylarimizni chuqur minnatdorlik tuyg’ulari va rahmat tilaklarimiz bilan
yodga olib, ularning xotirasi oldida hurmat ila ta’zim bajo qilaman.

Urushlardan talofot ko’rgan, toliqqan o’n uch millionlik bir xalq
tomonidan, kul-haroba yurtda necha og’ir sinovlardan o’tib, chorasizliklar aro
barpo etilgan Turkiya Respublikasi bugungi kunda zamonaviy davlatga aylanib,
sakson millionga yetgan yosh va ma`lumotli aholisi, raqobatbardosh ishchi
kuchi, dinamik xususiy sektori, rivojlangan yuqori texnologiyali infratuzilmasi
orqali katta taraqqiyot sari ilg’orlashni muvaffaqiyat bilan amalga oshira
olgan, dunyoning eng yirik 16-iqtisodiyoti mavqeiga erishgan.

Turkiya Respublikasi bugun o’z mintaqasida misoli yulduzdek shu’la
sochmoqda, iqtisodiy, siyosiy, harbiy, insoniy va demokratik taraqqiyot
nuqtai-nazaridan eng ilg’or saviyalarga erishish maqsadi yo`lida shahdam
qadamlar tashlamoqda.

Turkiya, dunyo bo’ylab olib borayotgan o`z gumanitar yordami uchun
ham yuqori baholanmoqda. Uch milliondan ortiq Suriyali, yarim millionga yaqin
Iroqlilar bilan dunyo bo’yicha eng ko’p qochqinlarga boshpana bergan Turkiya,
milliy daromadga nisbatan eng ko’p gumanitar yordam bergan mamlakatdir.

Qadrli do’stlar,

Bu yil qardosh O’zbekiston
mustaqilligining yigirma olti yilligini ham nishonladik. Chorak asrlik barpo
bo’lish bosqichini, mustaqilligi va o’ziga nisbatan xalqaro e’tiborni
kuchaytirgan holda muvaffaqiyat bilan yakunlagan, Markaziy Osiyoning eng ko’p
aholisiga ega O’zbekiston - o’z joylashuvi baxshida etgan keng imkoniyotlar,
ko’hna davlatchilik an’anasi, boy madaniyati, xalqining teran fikrlashi,
barqaror boshqaruvi va rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan buyuk istiqbolga
intilayotgan, va’da beruvchi mamlakatdir.

Mushtarak tamaddun
vakili bo’lgan, umumiy tarix, til va din ildizlariga ega turk va o’zbek xalqlari ko’ngil rishtalari va samimiy
qardoshlik tuyg’ularini tarix bo’yicha asrab, ikki xalq tarixning har davrida
birbirlarini imkon qadar qo’llab-quvvatlaganlar. Biz turli sabablar tufayli bir-biridan
yuzlarcha yil avval ayrilgan, boshqa jo’g’rofiyalarda yashagan, ammo yuz yıllar
bo’yicha bir-birini sog’ingan ikki qardosh xalq farzandlarimiz. Tangri qayta
bizlarni ajratmasin, bir-birimizni sog’ingulik qilmasin!

Mazkur tarix va taqdir birligi sababi bilandir balki,
O’zbekistonni birinchi bo’lib tan olgan davlat Turkiya bo’lgan. Turkiya
O’zbekiston mustaqilligining mustahkamlanishiga qaratilgan qadamlarini chin
ko’ngildan qo’llagan, turk davlat idoralari va tadbirkorlari mustaqil
O’zbekistonning taraqqiyotiga baholi qudrat o’z hissalarini qo’shganlar.

Ikki qardosh xalq
va qardosh davlat bugun ham bir-birlari bilan birdamlik ichida. O’zbekiston
boshqaruvi boshlagan islohot harakatining muvaffaqiyati bizni baxtiyor etadi,
hammamizning yutug’imizga qayd etiladi. Buning uchun Turkiya O’zbekistonning
taraqqiyot sa’y-harakatlarini chin ko’ngildan qo’llamoqda.

Xalqlarimiz va qardosh davlatlarimiz, tenglik va o’zaro manfaat tamoyilida yanada
kattaroq salohiyatga ega, umumiy muvaffaqiyatlarga munosibdirlar.

Prezidentlarimizning o’tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi
uchrashuvlari bilan boshlangan yangi davrga, muhtaram Prezident Mirziyoyevning o‘tgan hafta Turkiyaga amalga
oshirgan benihoya muvaffaqiyatli davlat tashrifi ham qo’shildi.

Davlat tashrifi doirasida, Prezidentimiz Recep Tayyip Erdoğan
hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning huzurida imzolangan yigirmadan ortiq
bitim bu yangi davrning huquqiy zaminining ilk poydevor toshlaridir. Yaqin
istiqbolda bu bitimlarning amal qilishni boshlashi, turk fuqarolariga viza
rejimining qulaylashtirilishi, yuz foiz
turk sarmoyasi bilan faoliyat yuritadigan “Ziraat bank – O’zbekiston”
bankining ochilishi, Istanbul-Samarqand reyslarining yo’lga qo’yilishi hamda
Preferentsial savdo bitimi muzokaralarining tugallanishi bilan estafetaning
boshqa marralariga erishiladi.

Aziz mehmonlar,

Bu oqshom turk
xalq raqs san’atini dunyoning ko’plab yurtida muvaffaqiyat ila namoyish etgan
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Davlat xalq raqslari guruhi
va xalq musiqasi san’atkorlarimiz bilan mashhur “SABO” milliy raqs guruhining
Toshkentda bitta sahnada hayajon bilan uchrashtiryapmiz.

Turk san’atkorlari
zudlik bilan yetib kelgan o’z ota vatanlaridagi tadbirlarga o’zgacha ishtiyoq
bilan qatnashyaptilar. Sizlarning yuzingizda ham xuddi shu sog’inch, muhabbatni
ko’ryapman.

Bu kecha qardosh
xalqlarimizning madaniy boyliklarining bir-biriga qanchalik yaqin va mos
ekanligi, baxtiyor va qayg’uli onlarmizni bir xil rang, ohang va havas ila his
etishimiz va ettirishimizga yana bir bor amin bo’lamiz.

Bu tadbirga Siz ko’rsatgan
katta qiziqish Toshkentda bugungiga o’xshagan tadbirlar hamda ko’plab boshqa
sohadagi madaniy tadbirlarni tashkil etadigan Turk madaniyat markazining,
Turkiyada esa O’zbekiston madaniy tadbirlarini tashkil qiladigan O’zbekiston
madaniy markazining ochilishida qanchalik kechikkanimizni ko’rsatmoqda. Nasib
bo’lsa, eng qisqa vaqt mobaynida, bu kamchilik bartaraf etilib, madaniy
rishtalarimizga muntazamlık baxsh etish maqsadida aniq qadamlar tashlay olishimizga
umid qilaman.

Tadbirimizga o’z
hissasini qo’shgan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligiga,
O’zbekiston Hukumatiga va turli vazirliklarga, shahar hokimiyatiga, yordami
tekkan hammaga Sizning yoningizda o’z minnatdorchiligimni izhor etaman.

So’zlarim
nihoyasida, hammamizga Respublika bayrami chin ko’ngildan muborak bo’lsin
deyman, bayramimizni munosib nishonlashimizga o’z hissalarini qo’shgan barcha
tadbirkorlarimizga Sizlarning oldingizda yana bir bora o’z minnatdorchiligimni
bildiraman. Bayram hayajonimizni biz bilan bah
ám ko’rganingiz uchun barha
mehmonlarimizga chin ko’ngildan rahmat aytamiz.

So’zlarimni, hissiyotimizga tarjimonlik qilgan Hamid
Olimjonning quyidagi misralarini o’qish bilan tugataman:

Shunday o’lka
doim bor bo’lsin,

Shunday o’lka
elga yor bo’lsin.

Omon bo’lsin
og’aynilari,

Omon bo’lsin
do’stlarning bari.

Doim bo’lsin
davlati omon,

Shunday
bo’lsin bu butun jahon.

Yashasin
Turkiya-Ozbekiston do’stligi va qardoshligi!

E’TİBORİNGİZ UCHUN RAHMAT !

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014