15 Temmuz Demokrasi ve Milli Birlik Günü konuşması

Ahmet Başar ŞEN 15.07.2018

Aziz fuqarolarimiz, qadrli mehmonlar,

Bugun Turkiya Respublikasi o’z tarixining eng muhimburilish nuqtalaridan birini nishonlashi munosabati bilan yig’ilib turibmiz. 2016 yil 15-iyul kuni Turkiya nafaqat o’z tarixining eng qonli to’ntaruvtashabbusiga, balki shu bilan birga eng qamrovli terror xujumiga uchrab, turk xalqi bu pastkash xujumni birlik va barobarlikda bartaraf etdi.Shu munosabat bilan 2016 yil 15-iyul sanasi - turk xalqi uchun ham qattiq o’g’riq va hiyonat, hamda buyuk g’alaba va g’urur
manbaidir.
Bir tomondan ko’chalarni yopib, olomon ustiga tanksurgan, past uchib xalq Parlamentini portlatgan reyaktiv samolyotlar, odamlargaqarata o’t ochgan vertolyotlar, boshqa tomondan esa o’z xalqiga qurol o’qtalganxoinlar oldida tanasini qalqon qilgan turk xalqi. Ana shu qahramon xalqning 251nafar farzandi o’sha tun shaxid bo’lib, o’z ismlarini tarix zarvaraqlarigaoltin harflar bilan yozdirdilar.Yurtimizning birligi, ajralmas butunligi,davlatimizning, demokratiyamizning umri boqiyligi yo’lida jonlarini fidoaylagan barcha shaxidlarimizni hurmat bilan yodga olib, aziz xotiralari oldida ehtiromila bosh egib, hammalariga Ollohdanrahmat, orqalarida qolgan dardli oilalariga sabr tilayman.O’sha tun hayot-mamot kurashida vatan va davlat uchuno’limga ham rozi bo’lgan va yaralangan 2000 nafardan ortiq faxriylarimizga hamo’z minnatdorchiligimizni bildirib, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tilayman.Qadrli mehmonlar,15-iyul Turkiya Respublikasining nafaqat siyosiy,iqtisodiy, diplomatik xujumlarga qarshi, balki shu bilan bir qatorda ichkaridankelib chiqadigan xoin sabotajlarga qarshi ham kuchli ekanini, yiqilmasligini,yo’lini o’zgartirmasligini butun dunyoga namoyish etgan. Xuddi o’sha tunTurkiyaning yer bilan yakson bo’lishi uchun kaftlarini ishqalab kutgan Turkiyadushmanlari ertasi kun bundan buyon ishlari ancha mushkul bo’lishi qahri bilanuyg’onganlar.

Xalqimizning 15-iyul kungi kurashi Faxriy Mustafa Kemal Otaturkning 1920 yilda avvalo Istanbul, Izmir va yurtning katta qismi ishg’ol etilgan osha qora kunlarda aytgan mana bu gapi yodga tushadi: “Xalqimiz juda buyuk, hech qo’rqmaylik, u aslo asirlik va xo’rlikni qabul qilmaydi. Faqatgina uni yig’ish va undan: Ey xalq, asirlik va xo’rlikni qabul qilasanmi, deb so’rash lozim”.Mana shu xitobdan 96 yil o’tib turk xalqi, bu galafsuski o’zi orasidan chiqqan va pinhona rejalar bilan milliy irodasini yo’qqilib, davlatini qo’lga kiritishni hohlagan xoinlarga qarshi birlashib, asirlikva xo’rlikni qabul qilmasligini bir ovozdan, bir xil kuch bilan yana bir borahayqirgan.

15-iyulning erta oqshomidayoq, bu qonli tashabbusortida Fetullah Gulen va miyasi zaharlanib, manqurtlashgan muridlar borligi ayon bo’lgandi. Bu terror tashkilotining Turk davlati ustidan nazoratni qo’lga kiritish va rejimni o’zining adashgan ishonchlariga ko’ra qaytadan tuzish niyati Turkiyada sir emas edi. FETÖ to’daboshisi bo’lgan Gulen, o’nlab yillardan buyon muridlarini xavfsizlik, sud hokimiyati va qurolli kuchlar singari davlatning barcha muhim idoralariga o’rnatib qo’yish, boshqaruvning kapillyarlariga kirib olish uchun o’stirib tayyorladi,yo’naltirdi. Aslida 2016 yil 15-iyuldan avvalgi 2-3 yillik vaqt mobaynida davlatimiz bu terror to’dasi haqida zarur surishtiruv boshlagan, tergovlarda ancha ildamlagan edi. Bu jarayon nihoyasiga yetay deb qolgandi. Yakunning
yaqinlashib qolganini bilgan FETÖ to’daboshisi oxirgi chora sifatida qonli hiyonat tashabbusi tugmachasini bosdi. Lekin ko’chalarga oqib chiqqan turk
xalqining turli tabaqa, turli nuqtai-nazar vakillari bunga ruxsat berishmas edi.

Qadrli mehmonlar,

To’ntaruv kechasiyoq boshlangan, shu bugun ikki yil to’lgan qator tergov va sud jarayonlari mazkur to’ntaruv urinishi ortida Fetullahchi terror tashkiloti
turganini isbotlab bergan. Qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, xujjat va iqrorlik ko’rsatmalari 15-iyul to’ntaruv tashabbusining Turk Qurolli Kuchlari orasiga
so’nggi 30 yilda o’rnashib olgan va o’zlarini yashirib muhim lavozimlarga erisha olgan FETÖ a’zolari tomonidan amalga oshirilganini isbotlamoqda. Shu
bilan birga bu tergov jarayonlari to’daning naqafat Qurolli Kuchlar, balki Turkiyaning barcha davlat muassasalariga pinhona kirib olganini ko’rsatgan.

Albatta bundayin qorong’u, mash’um va maxfiy tuzilmaga qarshi kurashish oson emas. Buning uchun ayniqsa mamlakat ichida haqqoniy choralar ko’rilgan.
To’ntaruv urinishidan so’ng yurt miqyosida darhol favqulodda vaziyat e’lon qilingan, va uning qonunchiligimiz, xalqaro va koinot huquqidan kelib chiquvchi
majburiyatlarimiz asosida 2018 yil iyul oyining o’rtasigacha uzaytirilishi davlat idoralarining jadal va samarali ishlashlarining ta’minlanishi uchun
kerak bo’lgan.
Lekin mazkur favqulodda vaziyat fuqarolarimizning kundalik turmushlariga aralashishni o’z oldiga maqsad
qilib qo’ymagan.
Shunday qilib hozirgi bosqichda bu terrorchi tashkilotga qarshi kurashda ancha ildamlash qayd
etilgani tufayli, muhtaram Prezidentimiz 2018 yil 19-iyul kuni yakunlanadigan favqulodda vaziyat holatining endi uzaytirilmasligini bildirgan.

Aziz fuqarolarimiz, qadrli mehmonlar,

Bunday hiyonatni yana bir bora boshimizdan kechirmasligimiz uchun hozir bizning eng muhim fuqarolik vazifamizo’tmishdagi xatolarimizni ko’rgan holda, ulardan zarur dars olish. FETÖ muqaddas va ma’naviy qadriyatlarni, ta’limni, emishki yaxshiliklarini niqob qilib olib, o’zlarini berkitishgan. 40 yildan buyon davlatimizning eng muhim muassasalariga qadam-baqadam o’rnashib borishgan. Endi hammamiz ogoh bo’lishga majburmiz. Davlatimizni, idoralarimizni, demokratik yo’llar bilan saylangan Hukumatimizni va milliy irodamizni doimo va oxirigachahimoyalaymiz.

FETÖ 40 yildan buyon xuddi Turkiyada tashkillashgani singari xorijda ham tashkillashgan. Davlatimizda asosan bartaraf etilgan bo’lsa-da, yaqinda ham
dunyo miqyosida 160 ga yaqin mamlakatda tashkillashgani ma’lum bo’lgan FETÖ tahdidini batamom yo’qotish uchun hamon qattiq harakat qilyabdi.

FETÖ aslida o’zini yurtimiz tashqarisidan moliyalashtirayotgan, yurtimiz tashqarisidagi bazi davlat va xususiy doiralar tomonidan qo’llanayotgan, xalqaro terrorchi tashkilotdir. Bu xususiyati FETÖni yanada xavfliroq qiladi. Bu terror tahskiloti burchakka siqib qo’yilgan Turkiyada asl basharasini ko’rsatgan, lekin xalqimiz zarbasiga uchragan. Xuddi shuning singari, so’nggi paytda diplomatik sohada biz tashlagan qadamlar orqali xavfni payqagan ko’pgina yurt boshqaruvlari ham FETÖni tugatish yoki ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ko’rganlar. Lekin afsuski bazi yurtlar bu tashkilotni hamon begunoh deb bilib,
yoki ularning faoliyatlariga ko’z yummoqdalar. Holbuki bu tashkilot nafaqat Turkiya, balki o’zi mavjud bo’lgan barcha yurtlar uchun xavflidir.

Biz davlatimizning vakillari sifatida bo’lib turgan mamlakatlarimizda buni yaxshilab tushuntirishga harakat qilyapmiz.Dunyoning qayerida bo’lsa ham, Turkiya Respublikasiga fuqarolik rishtasibilan bog’liq barchaning vazifasi ogoh bo’lish va zarur bo’lganda o’zlaribo’lib turgan davlat boshqaruvini FETÖ borasida ogohlantirishdir. ChunkiTurkiyaning diplomatlari faqatgina biz emasmiz, bunday bo’lmasligi lozim.Yurtimizdan tashqarida yashayotgan barchafuqarolarimizning, xuddi biz singari, yurtimizni taqdim etish va milliyda’volarimizni himoya qilish vazifasi ham bor. Qisqasi, barchafuqarolarimizning ayniqsa FETÖ borasida xuddi turk diplomati kabi ma’lumotgaega bo’lishlari, xuddi turk diplomati singari bu kurashga o’z hissalariniqo’shishlari lozim.

Shu joyda bir narsani aytib o’tishim joiz: Mezbonimiz bo’lgan qardosh davlat O’zbekiston FETÖ xavfinidunyoda birinchi bo’lib sezgan va bu xoinlarning yurtda joylashib olishlariga faoliyat yuritishlariga juda erta bosqichdayoq ruxsat bermagan. Shu sababli FETÖgaqarshi kurashda O’zbekiston boshqaruviga nisbatan qadrlash va minnatdorchilikhislarimizni bu yerdan turib yana bir bora izhor etmoqchiman. Buning soyasidabiz bugungi kunda biron to’siqqa uchramay, ikki tomonlama aloqalarimizni engyuqori darajaga olib chiqish uchun say-harakatlarimiz samarasiniko’rmoqdamiz.

Qadrli fuqarolarimiz va qimmatli mehmonlar,

So’zim nihoyasida, 15-iyul Demokratiya va milliybirlik shaxidlarimizni yana bir bora qadrlash va minnatdorlik tuyg’ulari ilayodga olaman. Ruhlari shod, joylari jannat bo’lsin.

Tashakkur.

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014