Büyükelçinin Özgeçmişi

1964 yili Izmirda tug’ilgan Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Sureyya Er 1989 yilda Istanbul universitetining falsafa, 1992 yilda Bosfor universitetining siyosiy fanlar va xalqaro munosabatlar, 1995 yili Bosfor universitetining tarix fakultetlarini bitirdi.

Uning avvaldan qiziqqan sohalari orasida bo’lgan O’rta Osiyoni, Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi tarqalib ketishi ortidan turkiy respublikalar mustaqillikka erishganlaridan keyin akademik ma’noda ham chuqur o’rganishga qaror qildi. 1992 yili Marmara universiteti qoshidagi Turkiyshunoslik ilmiy tekshirish institutiga tadqiqotchi bo’lib ishga kirdi. Magisrtraturadagi o’qishini davom ettirish bilan birga, 1998 yili Los Anjelosdagi Kaliforniya universitetining (UCLA) to’liq grantli doktorantura dasturiga oqishga qabul qilindi.

Mazkur universitetning Yaqin Sharq tillari va madaniyatlari kafedrasi Turkiyshunoslik bo’limidan 1999 yili magistrantlik, 2001 yili doktorlikka nomzodlik ilmiy darajalarini oldi. Bu yerdagi o’qishi davomida o’qituvchi asistenti sifatida dars berish barobarida universitet markaziy kutubxonasining Mahsus kolleksiya bo’limida saqlanayotgan usmoniy qo’lyozma asarlarining kataloglarga ajratilib, raqamli kutubxona bazasiga joylashtirish loyihasini boshqardi. 2004-2011 yillarida Michigan universiteti (Ann Arbor) Yaqin Sharq tadqiqotlari kafedrasida asosiy lektor sifatida dars berdi.

2011-2012 yillari Boshvazir Devoni Jamoatchilik Diplomatiyasi koordinatorligida ishlay boshlagan Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Sureyya Er 2012-2018 yillari davomida esa Turkiya Hamkorlik ve Koordinatsiya Agentligida(TİKA) O’rta Osiyo va Kavkazbo’yi davlatlari boshqarmasi hamda Tashqi aloqalar ve sheriklik munosabatlari boshqarmasi bo’yicha mas’ul Rais o’rinbosari lavozomida ishladi;​ ​19.12.2018 kungi 2018/255 sonli Prezident farmoni bilan Turkiyaning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi va 2019 yil 15 yanvar sanasida o’z lavozimini bajarishga kirishdi.

Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Sureyya Er oilali bo’lib, ozarbayjon, ingliz va o’zbek tillarini; (o’qish darajasida) arab, fors, rus, usmoniy (eski turk) va chig’atoy (eski o’zbek) tillarini biladi.

Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Sureyya Erning o’z sohasida nashr etilgan tadqiqotlaridan ba’zilari haqida ma’lumotlar quyida o’rin olgan​.​

Mualliflik qilgan kitoblari

A Dictionary of Turkish Verbs: In Context and by Theme​ ​(Turk tilining misollar keltirilgan tematik fe’llari lug’ati) by Ralph Jaeckel and Gülnur Doğanata Erciyeş with the Collaboration of Mehmet Süreyya Er. Washington: Georgetown University Press, 2006, 800 s. [www.press.georgetown.edu/book/languages/dictionary-turkish-verbs]

Learn Turkish via a Graphic Novel!​ ​Faruk Geç’s “A Letter from Germany". An Interactive Module for Self-Study and Classroom Use, adapted for students of Turkish by Ralph Jaeckel and Mehmet Süreyya Er, 2010. Chikago universiteti, Yaqin Sharq tadqiqot markazi,​ ​Chikago/AQSH. [​​http://cis.uchicago.edu/turkish-graphic-novel]

Muallifi bo’lgan maqola

“Qozog’iston va Qirg’zistonga umumiy nazar”. İstanbul: Marmara universiteti nashrlari,​ ​No: 557, 1995, s. 109-129. [​ ​www.nadirkitap.com/m-u-turkiyat-arastirmalari-enstitusu- seminerleri-1993-1995-kitap48733.html​]

Tarjima qilgan kitoblari

David Thomson,​ ​Siyosiy Nazariya Tarihi​ ​[kitobning ba’zi bo’limlari]. İstanbul: Shu’la nashrlari,1996. (Political Ideas. Penguin Books, 1984, 287 s.). [ http://www.kitapyurdu.com/kitap/default.asp?id=8592]

Azade-Ayşe Rorlich, Volga tatarlari: asrlarni oshgan milliy iroda. İstanbul: Aloqa nashlari, 2000, 392 s. (The Volga Tatars: A Profile in National Resilience, San Francisco: Hoover Institution Press, 1986). [ http://www.iletisim.com.tr/kitap/volga-tatarları-589.aspx]

Tarjima qilgan makolalari

Andras J.E. Bodrogligeti, "O’rta Osiyo turklarining madaniy merosini tushunishda O’rta Osiyo turk mumtoz adabiyotining roli", Jamiyat tarihi, Son- 54, 1998. ("The Role of Classical Central Asian Turkic Literature in the Understanding of the Cultural Heritage of the Central Asian Turks", Eurasian Studies Yearbook, Volume 66, 1994, pp. 5-31). [ http://kutuphane.fisek.org.tr/kitap.php?book_id=6206 ]

Susan Ritchie, "Budin Pashasi ve Turda Farmoni: Transilvaniya unitar madaniyati bilan Usmoniylar Islom madaniyatining bir-biriga qo’shilib ketishi va diniy bag'rikenglikning rivojlanishi" (The Pasha of Buda and the Edict of Torda: Transylvanian Unitarian / Islamic Ottoman Cultural Enmeshment and the Development of Religious Tolerance), Victoria Holbrook'a Armağan, Haz. Walter G. Andrews ve Özgen Felek. İstanbul: Kanat Kitap, 2006, s. 233-259. [ www.kitapyurdu.com/kitap/default.asp?id=107433]

Mukofotlari

“O’rta Osiyo tillari institutining “Yuksak ilmiy salohiyat mukofoti” (Director’s Award for Scolastic Distinction); O’zbek-ozarbayjon tillari dasturi, John D.Soper O’rta Osiyo tillari instituti, Kaliforniya universiteti (UCLA), Los Anjelos, AQSH/1996

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014