Elchixonamizga Bog’lanish Ma’lumotlari Haqida E’lon

Taşkent Büyükelçiliği 15.03.2018

Elchixonamiz bilan bog’lanish yoki konsullik masalalarida ma’lumot olish uchun mavzusiga ko’ra va belgilangan vaqtda quyidagi internet va elektronik po’chta manzillari hamda telefon raqamlaridan foydalanishingiz mumkin:

KONSULLIK MASALALARI

1. Barcha turdagi konsullik masalalari(tug’ilganlikni bildirish, aholi qaydlari, nikoh, pasport, harbiy hizmat, notarius, fuqarolik, o’lim, sudlanmaganlik to’g’risida ma’lumotnoma va elektron hukumat paroli olish va bshq.) haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo’lgan internet sayti:

www.konsolosluk.gov.tr

2. Konsullik masalalarida 7 kun 24 soat mobaynida telefon orqali ma’lumot olishingiz mumkin bo’lgan Tashqi ishlar vazirligi a
loqa markazining telefon raqami:

+90 312 2922929

3. Elchixonamizga konsullik masalalari bo’yicha savol yo’llashingiz uchun elektronik po’chta manzili:

embassy.tashkent@mfa.gov.tr

4. Konsullik masalalarida Elchixonamizdan hafta ichi har kun (rasmiy ta’til kunlaridan tashqari) 14.00-17.00 orasida ma’lumot olishingiz mumkin bo’lgan konsullik bo’limining telefon raqami:

+99871 113 03 01

Eslatma: Ish kunlari soat 09.00-12.30 orasida konsullik masalalaridagi murojaatlar shaxsan amalga oshiriladi.

MA’MURIY MASALALAR

5. Elchixonamizga yetkazmoqchi bo’lgan taklifnomalar, fikr-mulohazalar, shikoyatlar, uchrashuv belgilash talablari va savollar uchun elektronik pochta manzili:

embassy.tashkent@mfa.gov.tr

6. Elchixonamizning ma’muriy bo’limidan uchrashuv belgilash talablari uchun ish vaqtida bog’lanish mumkin bo’lgan kommutator tarmog’i raqami:

+99871 1130300

Eslatma:kommutator tarmog’i orqali konsullik proseduralari yoki boshqa masalalar haqida ma’lumot berilmaydi.


Ahmet Başar Şen Чрезвычайный и Полномочный Посол
Понедельник - Пятницa

09:00 - 13.00 / 14:00 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01.01.2014
08.03.2014
21.03.2014
09.05.2014
28.07.2014 30.07.2014
01.09.2014
01.10.2014
04.10.2014 07.10.2014
29.10.2014
08.12.2014